Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Kuchli uchlik"ning bo'lg'usi o'yinlari haqida

La Liga chempionligi uchun kurashayotgan "Atletiko", "Real Madrid" va "Atletiko" klublari ushbu hafta 37-tur doirasida o'z o'yinlarini o'tkazadi. Demak, mana shu uchrashuvlarga biroz to'xtalib o'tamiz.

.
- Yuklab olish

La Liga chempionligi uchun kurashayotgan "Barselona", "Real Madrid" va "Atletiko" klublari ushbu hafta 37-tur doirasida o'z o'yinlarini o'tkazadi. Demak, mana shu uchrashuvlarga biroz to'xtalib o'tamiz.

"Real"ni biroz qiyinroq raqib kutib turibdi

"Real Madrid" jamoasi ushbu tur doirasida "Atletik Bilbao" maydoniga safar qiladi. Raqib jiddiy, ayniqsa o'z maydonida. Ushbu bahsda "Real"ning g'alabasi so'nggi turda chempionlik uchun kurashni ta'minlab beradi. Ayni damda "qaymoqranglilar"da 78 ochko mavjud, asosiy raqobatchisi "Atletiko" esa 80 ochko bilan peshqadam bo'lib turibdi. "Qaymoqranglilar La Ligadagi so'nggi 5 o'yinda 2 g'alaba, 2 durang va 1 mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Ularning raqibi "Atletik" esa ayni dam turnir jadvalida 46 ochko bilan 9-o'rinni band etib turibdi. Bilbaoliklar ham so'nggi 5 o'yinda xuddi "Real"nikidek 2 tadan g'alaba va durang va bir mag'lubiyatni qabul qilib olgan. So'nggi o'zaro 5 o'yinning 3 tasida esa "Real"ning qo'li baland kelgan. "Atletik" esa bir g'alaba qayd etgan. Shuningdek, 1 uchrashuv durang bilan yakunlangan.

"Barselona" motivatsiyasiz holda o'yin o'tkazadi

Kataloniya klubi so'nggi o'yinlardagi muvaffaqiyatsiz natijalardan so'ng chempionlik kurashidan deyarli chiqib ketdi. Matematik imkoniyatlarni yig'ishtirib, holis baho bersak, klubda hech qanday imkoniyat qolmadi. "Ko'k-anorranglilar" "Selta"ni o'z maydonida qabul qiladi. Bir qarashda ular asosiy favorit, ammo "Levante" va "Granada" kabi qarshi muhim pallalarda ochko yo'qotgan Kataloniya klubidan har narsa kutsa bo'ladi. Ayni damda kataloniyaliklar 76 ochko bilan 3-o'rinda bormoqda. "Selta" esa 50 ochko to'plab, 8-o'rinni band etib turibdi.

Chempionlikka bir qadam

"Atletiko" jamoasi bir necha oy avval jadvalda yaqqol peshqadam edi, ammo Simione shogirdlari ketma-ket ochkolar yo'qotdi va o'z holatini biroz qiyinlashtirib qo'ydi. Turnir yakuniga 2 tur qolganida "matraschilar" baribir peshqadamlikni o'z qo'liga oldi va ular La Liga bosh sovriniga juda yaqin. Raqib ham ayni dam motivatsiyasiz holda ular 44 ochko bilan 11-o'rinda. Jamoa turnirda qolish masalasini hal qilgan va evrokuboklar zonasi uchun ham kurasha olmaydi. Bunday pallada chempionlikni xohlagan "Atletiko" qanday qilib bo'lmasin g'alaba qozonishi kerak. Madrid klubining hamma narsa o'z qo'lida.

Mana shu tur o'yinlari amalda ko'p narsani hal qilishi mumkin. Shuningdek, chempion masalasiga ham bu shu turda nuqta qo'yilishi mumkin. Demak, La Ligada kurash davom etadi...

 

BestMaster
15 May 2021, 16:30
kuchli, uchlikning, bolgusi, oyinlari, haqida,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads