«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan qanot himoyachisi Marselo haqida gapirdi.
Braziliyalik futbolchi Ispaniya chempionatining 36-turi doirasidagi «Granada»ga qarshi (4:1) qarshi uchrashuvda maydonga tushmadi.
«U o'zini noqulay his qildi, shuning uchun biz tavakkal qilmaslikka qaror qildik», dedi frantsiyalik mutaxassis.
Oldinroq braziliyalik tajribali futbolchi «qirollik» klubidagi mavqeidan norozi ekanligi haqida xabar berilgan edi. So'nggi mashg'ulotlarning birida Marselo va Zidan o'rtasida ziddiyat yuzaga kelgan.
33 yoshli futbolchi 2007 yildan buyon «Qaymoqranglilar» tarkibida o'ynab kelmoqda. Uning shartnomasi 2022 yil o'rtalariga qadar amal qiladi.
Joriy mavsumda braziliyalik futbolchining hisobida 15 uchrashuvda va 2 golli uzatma mavjud.