"Real" klubi yarimhimoyachi Marko Asensioni tarkibda saqlab qolish choralarini ko'rib qo'ymoqchi.
Marca xabariga ko'ra, Qirollik klubi 21 yoshli futbolchining 2022 yilgacha mo'ljallangan shartnomasida belgilangan 350 mln evro miqdoridagi tovon pulini 500 mln evro qilib belgilamoqchi.
Bundan tashqari, Asensioning maoshi 3,5 mln evrodan 4,5 mln evroga ko'tariladi va shartnomasi muddati yana bir yilga uzaytiriladi.