Football Leaks yarim himoyachi Xames Rodrigesning «Bavariya» bilan tuzgan shartnomasi detallariga oydinlik kiritdi. Myunxenliklar kolumbiyalik futbolchini "Real"dan 2 yilga ijaraga olishdi.
26 yoshli futbolchining «Bavariya»dagi yillik maoshi 6,5 million evroni tashkil qiladi. U jamoaning eng ko'p maosh oladigan o'yinchilaridan biriga aylandi. Shuningdek, qo'shimcha mukofot pullari ko'zda tutilgan: rasmiy o'yinlarda urilgan 12ta gol uchun 250 ming evro hamda 12ta golli uzatma uchun 250 ming evro.
Xamesning ijarasi myunxenliklar uchun 13 million evroga tushadi. Jamoa bu pulni 6,5 million evrodan ikkiga bo'lib, "Real"ga to'lab beradi.
«Bavariya» 2019 yilda Xamesning transferini 42 million evroga to'liq sotib olishi mumkin.