«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Ligada chempionlik uchun kurash haqida fikr bildirdi.
- Agar Real Madrid La Ligada g'alaba qozona olmasa, buni o'z bo'yningizga olasizmi?
- Hali 3 jamoa ham La Ligani yutishi va uni yo'qotishi mumkin. Eng asosiysi har bir uchrashuvda bor kuchimizni berish va biz buni uddalaymiz. Mavsum juda uzun, bunda ijobiy va salbiy lahzalar bor.
Biz mavsumni yomon o'tkazyapmiz deb ayta olmayman. 2017 yilda La Ligada g'olib bo'lganimizda, mavsum juda zo'r edi, ammo biz so'nggi turda chempion bo'ldik.
Eng muhimi, bor kuchingizni berishingizda. Siz faqat o'zingizning o'yiningizga javobgarsiz, qolgan narsalarga ta'sir qilmasligingiz kerak.
- Kelajagingiz haqida nima deya olasiz?
- Men faqat uchta bo'lajak o'yin haqida o'ylayman.
- Keyingi mavsum uchun rejalar tuzyapsizmi?
- Hozircha kelajak haqida hech narsa o'ylamayapman. Qolgan uchta o'yin finaldek o'tishi aniq. Shunda taqdirim hal bo'lishi mumkin. Bor kontsentriyatsiyani shunga qaratganman, - deydi Zidan.