Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Marko Asensio yozgi transfer oynasida jamoasini o'zgartirishi mumkin.
Tuttojuvening ma'lum qilishicha, yarim himoyachi bosh murabbiy Zinedin Zidan qo'l ostida o'tkazgan o'yin amaliyotidan norozi. Agar frantsuz mutaxassisi jamoa boshqaruvida qoladigan bo'lsa, Asensio o'zini transferga qo'yish borasida so'rov yuboradi.
Futbolchi faoliyatini davom ettirishi mumkin bo'lgan variantlari orasida Turinning «Yuventus»jamoasi ham bor.
Marko Madrid jamoasi ranglarini 2015 yilning yozidan beri himoya qilib keladi. Uning shartnomasi 2022/2023 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi. Yarim himoyachining transfer qiymati esa 35 million evroga baholanmoqda.
Ushbu mavsum, Marko Asensio «qaymoqranglilar» bilan 32 uchrashuv o'tkazib, 5 gol urdi va 2 golga uzatma amalga oshirgan.