«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman Ispaniya chempionatining 35-turi doirasida bo'lib o'tgan «Real» - «Sevilya»ga qarshi o'yindan (2:2) so'ng Zayniddin Zidanning hakamlarni tanqid qilgani borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Dastlabki 20 daqiqa davomida «Real»ning o'yinini tomosha qildim. Keyin esa televizorni «Yuventus» - «Milan» uchrashuviga oldim. Chunki ozgina asabiylasha boshladim. Men boshqa bahsni tomosha qilib, keyin «Madrid»ning natijasini bilishni afzal ko'raman.
«Real»ning hakamlarga nisbatan noroziligi? Agar kimdir hakamlar haqida gapirmaslikni istasa, bu — men. Mening fikrim o'zgarmaydi. Agar «Real» hakamlar xatoga yo'l qo'ydi, deb hisoblayotgan bo'lsa, bu ularning muammosi. Murabbiy sifatida aytar fikrim shuki, aslida qanday holatlarda to'p qo'l bilan o'ynalgan hisoblanishini bilmaydigan holatga kelib qoldik», — dedi Kuman.