Chempionlik gashti juda ham shirin va totli bo'ladi. Ayniqsa sevimli jamoangiz biron bir turnir g'olibi bo'lsa g'oliblardan ko'ra ko'proq aynan siz sevinasiz, xursand bo'lasiz, quvonasiz. Agar aksi bo'lsa sizda shu tuyg'ularning "oyog'i osmondan" bo'lib ketadi. Hozir Yevropaning eng kuchli ikki klubi muxlislari aynan men yuqorida ta'kidlab o'tgan ikki xil tuyg'ularni boshida o'tkazmoqdalar. Eng quvonarlisi o'sha g'oliblardan ko'ra ko'proq sevingan, xursand bo'lgan va quvongan muxlislar orasida men ham borman, hattoki siz ham aziz fanatdoshim...
"Oq ayiqlar" - ha, bu nom sevimli jamoamiz bo'lgan "Real Madrid" klubiga tegishli, bu nomni men o'ylab topdim. Bu nomni o'ylab topgan paytimda bu ayiqlar shirin uyquda edi, hozirgi vaqtga kelib esa ular "ov mavsumini" boshlab yuborishdi.
O'tgan gal yozilgan maqolaning so'ngida bir jumla bor edi «So'zimiz yakunida nima demochimiz "bu hali hammasi emas"». Bu iboralarni men bekorga aytib o'tmagandim. Mana o'sha "oq ayiqlar" haqidagi darsning "so'ngi qo'ng'irog'i" bugun yangraydi. Bugun "oq ayiqlar" haqidagi jumlalar o'z poyoniga yetadi...!?
8-avgust oqshomida o'sha "Qaymoqranglilar" yangi mavsumdagi dastlabki rasmiy uchrashuvni o'tkazdi va dastlabki sovringa ega chiqdi. Bundan bexabar emassiz albatta. Navbatdagi sinov esa Ispaniya Superkubogi bahslarida edi, bu imtixondagi raqib "Barselona" edi.
O'yin oldi bildirilgan fikrlar o'zini deyarli oqlamadi va o'yin darajasi Ispaniya Superkubogi darajasida o'tmadi. Bu sizu-biz ko'rgan ikki bahsda "Qaymoqranglilar" ustozi Zidan "ko'k-anorranglilar" yangi bosh murabbiyi Valverdega futboldan, "Real Madrid" futbolchilari esa "Barselona" futbolchilariga mahoratdan dars berib qo'yishdi...