«Atletiko» darvozabon Yan Oblakni «Manchester Yunayted» qo'yib yuborishga rozi. Oldinroq inglizlar «Atletiko»ga taklif bilan chiqqan edi.
Bu haqda Britaniya matbuoti xabar bermoqda. Biroq hali transferning to'liq summasi aytilmadi. «Matraschilar» La Ligadagi printsipial raqiblarini kuchaytirmaslik uchun futbolchini boshqa chempionatga sotmoqchi.
Transfermarkt 28 yoshli sloveniyalik futbolchini 90 million evroga baholamoqda. Joriy mavsum Oblak 43 uchrashuv o'tkazdi va 20 ta bahsda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qola oldi.