«Sevilya» himoyachisi Jyul Kunde Angliya Premer-ligasida katta qiziqishlarga sabab bo'lmoqda. «Chelsi» va «Manchester Yunayted» frantsiyalik futbolchi uchun kurash olib boryapti.
Qayd etilishicha, har ikkala klub allaqachon «Sevilya» va Kundening vakillari bilan bog'lanishgan. Transfermarkt 22 yoshli frantsuzni 60 million evroga baholamoqda.
Oldinroq Kunde «Real»da Serxio Ramosning o'rinbosariga aylanishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.