PSJ hujumchisi Kilian Mbappe hozircha klub bilan yangi shartnoma imzolash bo'yicha muzokaralarni to'xtatdi. Bu haqda Telefoot nashri jurnalistlari xabar beradi. Parijliklar bilan amaldagi kelishuv muddati 2022 yil iyunida tugaydi.
Mbappe o'z qarori haqida yaxshilab o'ylash uchun tanaffus qildi. Balki Kilian yozda PSJdan ketishga qaror qilar. Mbappe uchun asosiy da'vogar - bu «Real».
Oldinroq PSJ Salohni Mbappening asosiy o'rinbosari sifatida ko'rayotgani haqida xabar bergan edik.