Football Leaks nashri "Bavariya" yarimhimoyachisi Xames Rodrigezning transfer detallarini e'lon qildi.
Myunxeliklar futbolchini 2 mavsumga "Real"dan ijaraga oldi. 26 yoshli futbolchi 2 yilda "Bavariya" 13 mln yevro maosh oladi (yiliga 6,5 mln). Bu bilan u klubdagi eng ko'p maosh oluvchilaridan biriga aylandi. Shuningdek, kolumbiyalik futbolchi rasmiy o'yinlarda 12 ta to'p kiritsa 250 ming yevro va 12 ta golga assistentlik qilsa yana 250 ming yevro qo'shimcha bonuslarga ega bo'ladi.
Xamesning ijara narxi 2 yil uchun "Bavariya"ga 13 mln yevroga tushdi. Ular madridliklarga pulni 2 qismga bo'lib yiliga 6,5 mlndan to'lashadi.
Shuningdek, "Myunxen" 2019-yilda "El Bandido"ni 42 mln yevroga sotib olish huquqiga ham ega.