Ispaniya chempionati 35-turida "Real Madrid" o'z maydonida «Sevilya»ni qabul qildi va 90+4 daqiqda Diego Karlosning avtogoli hisobiga mag'lubiyatdan qutulib qoldi — 2:2.
Mavsum tugashiga uch tur qolganida «Atletiko» 77 ochko bilan musobaqa jadvalida etakchilik qilmoqda.
«Real» va «Barselona» jamoalarida 75 ochko mavjud. O'zaro o'yin natijalariga ko'ra madridliklar ikkinchi o'rinni band etishgan.
Hisobida 71 ball bo'lgan «Sevilya» esa to'rtinchi pog'onada bormoqda.
Kelasi turda «Atletiko» «Sosedad»ni qabul qiladi, «Barselona» «Levante» mehmoni bo'ladi. Shuningdek, «Real» «Granada»ga qarshi o'ynasa, «Sevilya» «Valensiya» bilan to'qnash keladi.