«Qirollik klubi» rasmiy sayti xabariga ko'ra, Ispaniyalik yulduzning chap oyog'ining yarim semembranoz mushaklari yallig'langan.
«Blankos» matbuot xizmati 35 yoshli futbolchining tiklanish vaqtini ochiqlamadi, ammo OAV mavsum uning uchun tugaganligini yozmoqda.
Ramosning «Real» bilan shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga etadi va o'tgan chorshanba kuni «Chelsi»ga qarshi o'yin himoyachining «qaymoqranglilar» tarkibidagi uchun so'nggi o'yin bo'lishi mumkin.
Shuni ham ta'kidlash joizki, 2021 kalendar yilida markaziy himoyachi jarohatlar seriyasi tufayli qolgan o'yinlarni o'tkazib yuborgan holda Madrid klubining atigi 5 o'yinida ishtirok eta olgan.