Bu hafta Ispaniya chempionatida 35-tur bahslari bo'lib o'tadi. Turnir jadvalida dastlabki 4 pog'onani egallab turgan jamoalar ("Atletiko", "Real", "Barselona" va "Sevilya") o'zaro bir-birlariga qarshi kurash olib boradi. Ayni paytda "Atletiko" hisobida 76 ochko, "Real"da 74, "Barselona"da 74 va "Sevilya"da 70 ochko bor. Uik-endda "Barselona" - "Atletiko" va "Real" - "Sevilya" qarama-qarshiligiga guvoh bo'lamiz.
LaLigada bu hafta dahshatli o'yinlar bor
Ispaniya chempionati turnir jadvali va to'purarlar ro'yxati >>>>> LALIGA