«Real» sardori Serxio Ramos La Liga 35-turidan o'rin olgan «Sevilya»ga qarshi bahsda o'ynamaydi.
Madrid klubi matbuot xizmatining yozishicha, markaziy himoyachi tizzasidan shikastlangan. U «Chelsi»ga qarshi javob o'yinida jarohat bilan 90 daqiqa o'ynagandi.
Federiko Valverde hamda Vinisius Junior kecha zalda shug'ullanishdi va bugun jamoaning umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytishdi. Ular «Sevilya»ga qarshi o'ynashi mumkin.
Nacho va Militao Zidan ixtiyorida bo'lgan sog'lom himoyachilar bo'lib turishibdi. Rafael Varan «Osasuna» bilan bellashuvda jarohatlangandi.