Ispaniya La Ligasi yana 4 turdan keyin nihoyasini topadi. Odatda yilning ushbu qismida Primera chempioni ham, sovrindorlar nomi ham deyarli aniq bo'lardi. Biroq, bu mavsum oldingilaridan ancha farq qilyapti: "Atletiko" 7 yillik tanaffusdan keyin yana chempion bo'lishi, "Real" yoki "Barselona" medallarsiz qolishi, "Sevilya" 12 yildan keyin yana medal yutishi mumkin.
Barcelona | LaLiga . 35-tur 08/05/2021, 19:15 - : - Boshlanmadi | Atletico Madrid |
Stadion: Camp Nou
Bosh hakam: Antonio Mateu
Match-senterda ochishBugun Kataloniyada chempionlik poygasidagi eng muhim bahslardan biri bo'lib o'tadi: "Barselona" — "Atletiko". "Ko'k-anorranglilar" ustozi Ronald Kuman uchun bu o'yin "matraschilar"ga qarshi 5-si bo'ladi. Niderlandiyalik mutaxassis "Valensiya" va "Barsa" bosh murabbiyi sifatida "Atletiko" bilan o'tgan o'yinlarning faqat 1 tasida g'alaba qozongan (2008 yil), 3 bor mag'lub bo'lgan.
Katalon jamoasi "Atletiko"ni so'nggi bor 2019 yilning dekabrida mag'lub qilgan edi. Klublar o'rtasida o'tgan 1-davradagi bahs taqdirini sobiq realchi Markos Lorentening birgina goli hal qilgan.
O'yin haqida
Mazkur bahs "Barselona" uchun ahamiyati jihatidan mavsumdagi eng muhimi bo'lishi mumkin. Mag'lubiyat katalonlarni yuqori ehtimol bilan nafaqat chempionlik, kumush meddallardan ham mosuvo qiladi. Durang yoki g'alaba esa "Barsa"ning azaliy raqibi "Real"ning ehtimoliy chempionligini kafolatlashi mumkin. Xullas, taqdir "ko'k-anorranglilar" bilan yaxshigina hazillashyapti — ular chempionlik uchun kurashib, kubokni "quda"lariga olib berishlari mumkin. SHu yuzdan bugun o'yin ichi va atrofida ro'y beradigan voqealarni o'tkazib yubormaslikni maslahat beramiz.
Jamoalarning kengaytirilgan tarkiblari
Diego Simeone mazkur uchrashuv uchun quyidagi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazgan:
Darvozabonlar: Ivo Grbich, Yan Oblak.Himoyachilar: Xose Mariya Ximenes, Renan Lodi, Stefan Savich, Felipe, Mario Ermoso, Kiran Tripper, SHime Vrsalko.
Yarim himoyachilar: Joffre Kondogbia, Lukas Torreyra, Koke, Saul Niges, Toma Lemar, Markos Lorente, Ektor Errera, Vitolo, Yannik-Ferreyra Karrasko.
Hujumchilar: Joau Feliks, Luis Suares, Anxel Korrea, Mussa Dembele.
"Barselona"da esa quyidagi futbolchilar maydonga tushishi mumkin:
Darvozabonlar: Mark-Andre Ter SHtegen, Neto, Arnau Tenyas;
Himoyachilar: Serjino Dest, Jerar Pike, Ronald Arauxo, Kleman Langle, Jordi Alba, Serxi Roberto, Samuel Umtiti, Xunior Firpo, Oskar Mingesa;
Yarim himoyachilar: Serxio Buskets, Miralem Pyanich, Riki Puch, Pedri, Frenki De Yong, Aleysh Moriba;
Hujumchilar: Antuan Grizmann, Lionel Messi, Usmon Dembele, Fransishku Trinkau, Martin Breytueyt.
Muallifning taxmini
Jamoalarning uchrashuv ahamiyatini hisobga olib, yopiq o'yin ko'rsatish ehtimoli yuqori. SHu tufayli ko'p gol urilmaydi. Tomonlar bittadan to'p kiritib, durangga imzo chekishsa kerak.
Qadrli muxlis, bugungi o'yindan siz qanday natija kutyapsiz. "Atletiko"ni 3 o'yindan beri engolmayotgan "Barsa" bugun bu vazifani eplay oladimi?
Faxriddin Ro'ziev