Avvalroq UEFA Evropa Superligasida qatnashish istagini bildirgan klublarga nisbatan jarima e'lon qilgani haqida xabar bergan edik.
9 ta klubga nisbatan ular uzr so'raganligi sababli kamroq jarima to'lashlari belgilandi. Biroq UEFAni hali tark etmagan 3 ta jamoa - "Yuventus", "Barselona" hamda "Real"ga taxminan 150 million atrofida jarima belgilandi.
Ushbu holatga "Barsa" mutasaddilari norozilik votumi bilan chiqishdi. Rahbariyat EChLning yangi formatidan norozi va tashkilotdan uzr so'rashlarini talab qilmoqda. Qo'shimchasiga jarimani ham to'lamoqchi emaslar.