Madridning «Real» klubi yarim himoyachi Eden Azar bilan xayrlashmoqchi. Uning «Chelsi»ga qarshi o'yindan keyingi xatti-harakatlari klub xo'jayinlarini g'azablantirgan.
Madrid klubi belgiyalikni 50 million evroga sotishga tayyor. Azarni sotishdan tushgan pul orqali, «Real» prezidenti Florentino Peres «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappeni sotib olishga sarmoya kiritmoqchi, deb yozadi Mundo Deportivo.
Marca esa «Real»ning futbolchini sotmoqchi bo'lganligi haqidagi ma'lumotni tasdiqlab, futbolchi transferga qo'yilganligini yozmoqda.
Aytishlaricha, klub 30 yoshli yarim himoyachining o'yin darajasidan juda norozi va uning Chempionlar Ligasi yarim finalida «Chelsi»dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng, o'zini tutishi Madrid rahbariyatiga yoqmagan.
Eslatib o'tamiz, yarim himoyachi taxminan 100 million evro evaziga (bonuslardan tashqari) «Real»ga ko'chib o'tgan edi.
Ma'lumot o'rnida, Belgiyalik futbolchi ushbu mavsum «Real Madrid» tarkibida barcha musobaqalarda o'tkazgan 18 uchrashuvida 3 gol urgan.