"Real Madrid" klubining ijara asosida "Tottenxem"da to'p tepayotgan futbolchisi Garet Beyl "shporlar" safida qolish ehtimoli yuqori.
"Sky Sports" nashrining ma'lum qilishicha, Uelslik futbolchi ayni damdagi murabbiy Rayan Meyson qo'l ostida Mourino davridagidan ko'ra, o'zini yaxshiroq his qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, 31 yoshli vinger "Sheffild Yunayted"ga qarshi so'nggi bahsda 3 ta gol urdi va o'sha uchrashuvda London klubi 4:0 hisobida g'alaba qozondi.