"Men kechirim so'ramoqchiman. Bugun men o'zim haqimda ko'plab fikrlarni o'qidim. Men hech qanday holatda "Real" muxlislarini hafa qilishni xohlamagan edim. Men ushbu klubda o'ynashni orzu qilardim va bu erga g'alaba qozonish uchun keldim.
Mavsum hali tugamadi, biz Ispaniya chempionatidagi g'alaba uchun kurashishimiz kerak! Hala Madrid [olg'a Madrid]", - deb yozdi Azar o'zining Instagram sahifasida.
Qayd etish kerakki, OAV va muxlislar "CHelsi"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng belgiyalik futbolchining kulgan holatdagi harakatlaridan so'ng uni tanqid qilishgan edi.
30 yoshli forvard joriy mavsum "qirollik klubi" tarkibida barcha musobaqalarda 18ta o'yinda maydong tushib, 3ta gol urishga erishdi.
Azar kecha "Real"dagi faoliyatiga nuqta qo'ydi-mi?
"Azar transferga qo'yildi". El Chiringuito jurnalisti "Real" xavbeki haqida