«Real» yarim himoyachisi Eden Azar jamoa muxlislaridan uzr so'radi.
«Kechirim so'rayman. Bugun o'zim haqimdagi ko'p fikrlarni o'qidim. Menda «Real» ishqibozlarini xafa qilish istagi yo'q edi.
Men hamisha «Real»da o'ynashni orzu qilgan va bu jamoaga g'alaba qozonish uchun kelganman. Hali mavsum yakunlanmadi. Biz birgalikda La ligadagi g'oliblik uchun kurashamiz! Hala Madrid!» – deya yozdi Azar instagram orqali.
Eslatib o'tamiz, Azar "Chelsi"ga qarshi o'yindan keyin sobiq jamoadoshlari Kurt Zuma va Eduard Mendinnig yoniga keldi, ular bilan quchoqlashib ko'rishib, yuzda tabassum ila gaplashdi. Bu esa "Real" muxlislariga yoqmadi.