"Real Madrid" klubi o'z vingeri Eden Azarni transferga qo'ydi, deya Ispaniyaning bir qator nashrlari xabar berishmoqda.
Unga ko'ra, Azarning kechagi mag'lubiyatdan keyingi harakatlari klubni g'azablantirgan va endi uning jamoada qolishi so'roq ostida. "Qirollik klubi" belgiyalik uchun yaxshi taklif bo'lgan taqdirda, uni qo'yib yuborishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, 30 yoshli futbolchi kecha "Real" mag'lub bo'lishiga qaramay, sobiq jamoadoshlari bilan kulib, hazillashdi. Bu esa o'z navbatida rahbariyatga yoqmagan.