Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Markos Lorente boshqa jamoaga o'tishi mumkin. Bunga “Real”dagi o'zaro raqobat sabab bo'lmoqda. Gap shundaki, shu paytga qadar Zidan va Peres Mateo Kovachichni transferga qo'yishga qaror qilishgandi. Biroq el-klasikodagi o'yinlardan keyin bu qarorlarini o'zgartirishdi. Oqibatda Lorente asosiy tarkibdan joy ololmasligi oydinlashmoqda.
Ayni damda Lorentega “Sevilya” qiziqmoqda. “Real” Lorenteni ijaraga berishi mumkin.