Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Live  ECHL. "CHelsi" – "Real Madrid" 2:0 (Matnli translyaciya)

CHempionalar Ligasi yarim finali doirasidagi "CHelsi" – "Real Madrid" javob uchrashuvi boshlandi.

.
- Yuklab olish

Ushbu saxifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin.

YANGILASH

85-daqiqa. GOOOOOOOL! "CHelsi" ikkinchi golni urdi. Katta ehtimol bilan Maunt o'yin taqdirini hal qildi.  

84-daqiqa. "CHelsi"ning tartibli himoyasiga qarshi qurol topa olmayapti "Real".

80-daqiqa. Kristian Pulishich yana bir imkoniyatdan unumli foydalana olmadi. 

77-daqiqa. "Real" darvozasi oldida o'ta xavfli vaziyat yuzaga keldi, lekin yakuniy zarba beradigan odam topilmadi.  

76-daqiqa. O'zgarish! Zizudan tavakkal - Kazemiro o'ringa Rodrigo o'yinga qo'shildi.  

75-daqiqa.  

73-daqiqa. Pulishich jamoasiga burchak to'pi ishlab berdi. Uzatmadan keyin Silva bosh bilan zarba berdi, lekin biroz noaniq.

72-daqiqa. Ogohlantirish! Kroos markazda Pulishichga nisbatan qo'polligi uchun ogohlantirildi.

69-daqiqa. Ilk daqiqalarda bo'lgani kabi "CHelsi" yana raqibni maydo follar evaziga to'xtatmoqda.  

67-daqiqa. O'zgarish! Gol muallifi Timo Verner o'rnini Pulishichga bo'shatib berdi.  

65-daqiqa. "CHelsi" qarshi hujumdan foydalanib, o'yin taqdirini hal qilib qo'yishi mumkin edi, lekin Valverde ortga qaytib ulgurdi.   

"Qaymoqranglilar" bosimni kuchaytirmoqda.

63-daqiqa. O'zgarishlar! Mendi va Vinisius ketdi, ularning o'rniga Valverde va Asensio tushirildi. 

62-daqiqa. Ogohlantirish! Nacho Xavercga nisbatan o'ziga xos harakatlari uchun sariq kartochka ishlab oldi.  

59-daqiqa. Vaauv! "CHelsi"ning bir yo'la ikki futbolchisi Kurtua bilan "uchrashuvga" chiqib ketdi va Xaverc zarba berdi, lekin Tibo to'p darvozasiga borib tushishiga yo'l qo'ymadi. Hozir Kurtua jamoasini muqarrar goldan qutqardi.  

57-daqiqa. Kroos kutilmagan uzatmasi bilan markazdan oldinga o'tgan Kazemironi qulay vaziyatga chiqarib yubormoqchi bo'ldi, ammo braziliyalikka tezlik pand berdi hamda Ryudiger to'pni uzoqlashtirdi.  

54-daqiqa. Ben CHilvell to'p uchun kurashayotganda Militaoning yuziga tarsaki tortib yubordi. Hakam mezbonlar vakilini og'zaki ogohlantirish bilan cheklandi.

53-daqiqa. Maunt daxshat imkoniyatdan foydalana olmadi. Markazdan jarima maydonchasiga kirib ketgan Meyson mo'ljalda adashdi.   

51-daqiqa. Jarimadan berilgan uzatmadan keyin Tyago Silva bosh bilan zarba berdi, lekin noaniq.  

50-daqiqa. Tanaffusdan so'ng "CHelsi" to'p bilan muomalada yanada yaxshiroq harakat qilyapti. Londonliklar ancha xotirjam o'yin ko'rsatmoqda.   

47-daqiqa. Uxxx! Kay Xavercning boshi bilan bergan zarbasidan keyin to'p to'singa tegdi.  

Bo'lim Nachoning foli bilan boshlandi desak mubolag'a bo'lmaydi. 

46-daqiqa. Demak, kettik. Ikkinchi taym boshlandi.  

Jamoalar tanaffusdan qaytishmoqda. Hozircha hisob 1:0 "aristokratlar" foydasiga.

Bo'ldi, hushtak chalindi, tanaffus. Birozdan keyin qaytamiz.

45-daqiqa. Xaverc jarima maydoniga kirib keldi va Ramosni chalg'itib, zarba berishni niyat qilgandi, lekin ispaniyalik himoyachi to'pni tepib yubordi. 

39-daqiqa. Ogohlantirish! Andreas Kristensen juda qo'pol harakat qildi va sariq kartochka bilan "siylandi".

37-daqiqa. Ogohlantirish! Serxio Ramos raqib jarima maydoni ichida qo'pollik ishlatdi va bosh hakam mehmonlar sardorini ogohlantirdi.  

35-daqiqa. Xavfli vaziyat! Karim Benzema Luka Modrichning uzatmasidan keyin aniq zarba yo'llagandi, ammo Mendi yana jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi.   

33-daqiqa. Xavfli bo'lishi mumkin bo'lgan hujum hakamning hushtagi sabab to'xtab qoldi. Kazemiro to'p uchun kurashda fol ishlatgan deb topilmoqda. 

30-daqiqa. Ilk daqiqalarni sabr bilan o'tkazgan "CHelsi" niyatiga etdi. Endi bunga "Real" qanday javob berarkin?

Kay Xavercning zarbasidan keyin to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi va darvoza oldida yolg'iz qolib ketgan Verner bu nuqtadan adashishi mumkin emasdi.  

28-daqiqa. GOOOOOOOL! Timo Verner bir amallab gol urishni uddaladi. 

26-daqiqa. Xavfli vaziyat! Karim Benzemaning ajoyib zarbasidan keyin Eduar Mendiiii... Darvozaning pastki burchagiga ketayotgan to'pni qaytarishni uddaladi.   

23-daqiqa. Vinisius Azardan to'pni qayta qabul qilib, Karim Benzemaga havolatib uzatdi, ammo franciyalik futbolchi qanchalik urinmasin to'pga eta olmadi. 

21-daqiqa. Har ikki jamoa azolari raqib rejalarini "o'qib", imkon qoldirishmayapti.  

19-daqiqa. "Real" futbolchilari pressing uyushtirib, to'pni raqib jarima maydoniga yaqin hududdayoq olib qo'ydi. Kante to'p oshirishda xatoga yo'l qo'ydi. 

18-daqiqa. GOOOOL!  Timo Verner gol urishni uddalagandi, ammo o'yindan tashqari holat...

Luka Modrich aniq zarba yo'lladi, ammo kuchsiz va shu sababli Mendi ortiqcha muammosiz to'pni egallab oldi. 

16-daqiqa. Kay Xaverc jarima maydonchasi ichida to'pga intilib, Nachoga nisbatan qo'pol o'ynab yubordi. 

14-daqiqa. Ogohlantirish! Standart vaziyatdan naf chiqara olmagach, Azar qarshi hujumga qochib ketishi mumkinligi sababli fol ishlatgan Jorjino sariq kartochka ishlab oldi. 

12-daqiqa. To'p oshirishdagi xatodan so'ng "CHelsi" to'pni olib qo'ydi va avvaliga qarshi hujum amalga oshmagandek bo'lgandi, ammo ikkinchi tempda Ryudiger kuchli zarba yo'llab qoldi, Kurtua qiyinchilik bilan to'pni qaytardi.  

10-daqiqa. Kroos jarima maydoni tashqarisidan zarba yo'llab ko'rdi, o'yindagi birinchi aniq zarba.

8-daqiqa. "Real" futbolchilari ko'proq to'p bilan muomalada, ammo raqib hozircha bemalol hujum uyushtirishga imkon qoldirmayapti. 

5-daqiqa. Eden Azar chap qanotdan oldinga o'tib ketishiga "CHelsi" himoyachilari yo'l qo'ymadi.  

Jarimadan amalga oshirilgan uzatmadan keyin xavfli vaziyat yuzaga kelmadi. 

4-daqiqa. "CHelsi" futbolchilari raqibni "mehmondo'stlik" bilan qarshi olishmoqda. Maydon markaziga yaqin hududda ketma-ket ikki marta fol ishlatildi. 

Timo Verner o'z uslubida... Vinisius ortga qaytishda uni yonidan aldab o'tayotganida germaniyalik futbolchi yiqilib tushdi. 

2-daqiqa. Jamoalar o'yinni "razvedka"dan boshlashdi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uni "Real" futbolchilari boshlab berishdi. 

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi va ECHL madhiyasi yangramoqda. 

CHempionlar Ligasi1/2 finalJavob uchrashuvi

"CHelsi" (Angliya) – "Real Madrid" (Ispaniya)

00.00, «Stemford Brij»

CHelsi – Mendi, Aspilikueta, Tiago Silva, Ryudiger, CHiluell, Maunt, Jorjino, Xaverc, Kante, Kristensen, Verner.

Real Madrid – Kurtua, Ramos, Militao, Nacho, Mendi, Kroos, Modrich, Vinisius Junior, Kazemiro, Azar, Benzema.

Birinchi o'yin: 1:1

BestMaster
6 May 2021, 01:45
live , echl, chelsi, real, madrid, matnli, translyaciya,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads