"Football Italia" xabariga ko'ra, portugaliyalik klubdan "Real" yarim himoyachisi Isko bilan shartnoma imzolashni so'ramoqda. Kelishuv qiymati 30 million evroni tashkil qilishi kutilmoqda.
Alohida aytish kerakki, Iskoga "Sevilya" ham davogar, ammo ular 15 million evrodan ortiq taklif qilishga tayyor emas.
Iskoning klub bilan shartnomasi 2022 yilning yozida o'z nihoyasiga etadi. U joriy mavsumda 27 o'yinda 2 ta golli pas qayd etdi.