Manbaga ko'ra, Kasilyas 28 aprel, chorshanba kuni ko'krak qafasidagi qattiq og'riq tufayli darhol do'sti hamrohligida Madrid kasalxonasiga borgan.
Hayriyatki, sinov va tekshiruvlardan o'tgach, ispaniyalikda yurak xuruji qayd etilmadi. Sobiq futbolchiga erta tongda uyiga qaytishi uchun javob berildi.
Eslatib o'tamiz, 2019 yil 1 mayda Iker Kasilyas "Portu" bilan mashg'ulot paytida miokard infarktiga chalingan edi. O'sha paytda darvozabon 37 yoshda edi. SHundan so'ng Kasilyas boshqa o'ynamadi.