Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Live  ECHL. "CHelsi" – "Real Madrid" 1:0 (Matnli translyaciya)

CHempionalar Ligasi yarim finali doirasidagi "CHelsi" – "Real Madrid" javob uchrashuvi boshlandi.

.
- Yuklab olish

Ushbu saxifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin.

YANGILASH

28-daqiqa. GOOOOOOOL! Timo Verner bir amallab gol urishni uddaladi. 

26-daqiqa. Xavfli vaziyat! Karim Benzemaning ajoyib zarbasidan keyin Eduar Mendiiii... Darvozaning pastki burchagiga ketayotgan to'pni qaytarishni uddaladi.   

23-daqiqa. Vinisius Azardan to'pni qayta qabul qilib, Karim Benzemaga havolatib uzatdi, ammo franciyalik futbolchi qanchalik urinmasin to'pga eta olmadi. 

21-daqiqa. Har ikki jamoa azolari raqib rejalarini "o'qib", imkon qoldirishmayapti.  

19-daqiqa. "Real" futbolchilari pressing uyushtirib, to'pni raqib jarima maydoniga yaqin hududdayoq olib qo'ydi. Kante to'p oshirishda xatoga yo'l qo'ydi. 

18-daqiqa. GOOOOL!  Timo Verner gol urishni uddalagandi, ammo o'yindan tashqari holat...

Luka Modrich aniq zarba yo'lladi, ammo kuchsiz va shu sababli Mendi ortiqcha muammosiz to'pni egallab oldi. 

16-daqiqa. Kay Xaverc jarima maydonchasi ichida to'pga intilib, Nachoga nisbatan qo'pol o'ynab yubordi. 

14-daqiqa. Ogohlantirish! Standart vaziyatdan naf chiqara olmagach, Azar qarshi hujumga qochib ketishi mumkinligi sababli fol ishlatgan Jorjino sariq kartochka ishlab oldi. 

12-daqiqa. To'p oshirishdagi xatodan so'ng "CHelsi" to'pni olib qo'ydi va avvaliga qarshi hujum amalga oshmagandek bo'lgandi, ammo ikkinchi tempda Ryudiger kuchli zarba yo'llab qoldi, Kurtua qiyinchilik bilan to'pni qaytardi.  

10-daqiqa. Kroos jarima maydoni tashqarisidan zarba yo'llab ko'rdi, o'yindagi birinchi aniq zarba.

8-daqiqa. "Real" futbolchilari ko'proq to'p bilan muomalada, ammo raqib hozircha bemalol hujum uyushtirishga imkon qoldirmayapti. 

5-daqiqa. Eden Azar chap qanotdan oldinga o'tib ketishiga "CHelsi" himoyachilari yo'l qo'ymadi.  

Jarimadan amalga oshirilgan uzatmadan keyin xavfli vaziyat yuzaga kelmadi. 

4-daqiqa. "CHelsi" futbolchilari raqibni "mehmondo'stlik" bilan qarshi olishmoqda. Maydon markaziga yaqin hududda ketma-ket ikki marta fol ishlatildi. 

Timo Verner o'z uslubida... Vinisius ortga qaytishda uni yonidan aldab o'tayotganida germaniyalik futbolchi yiqilib tushdi. 

2-daqiqa. Jamoalar o'yinni "razvedka"dan boshlashdi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uni "Real" futbolchilari boshlab berishdi. 

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi va ECHL madhiyasi yangramoqda. 

CHempionlar Ligasi1/2 finalJavob uchrashuvi

"CHelsi" (Angliya) – "Real Madrid" (Ispaniya)

00.00, «Stemford Brij»

CHelsi – Mendi, Aspilikueta, Tiago Silva, Ryudiger, CHiluell, Maunt, Jorjino, Xaverc, Kante, Kristensen, Verner.

Real Madrid – Kurtua, Ramos, Militao, Nacho, Mendi, Kroos, Modrich, Vinisius Junior, Kazemiro, Azar, Benzema.

Birinchi o'yin: 1:1

BestMaster
6 May 2021, 00:30
live , echl, chelsi, real, madrid, matnli, translyaciya,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads