"Evropa Superligasi yaxshi g'oyami yoki yo'q, bilmayman, lekin biz ko'p narsalarni o'ylab ko'rishimiz kerak. Nazarimda, biz tez orada ortiqcha zo'riqishning cho'qqisiga chiqamiz. Futbolchilar o'yinlar soni ko'pligidan aziyat chekishmoqda. SHu bois jarohatlangan soni ortib bormoqda. Zamonafiy futbolning talablari oshgani sari sifat tushib ketyapti. Ehtimol, uchrashuvlar sonini kamaytirish kerakdir", – dedi Vaskes.
29 yoshli Vaskes joriy mavsumda "Real" safida barcha musobaqalarda 34 o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 8 ta golli pas berdi. Uning klub bilan shartnomasi 2021 yilning yozigacha amal qiladi.