“Jamoa o'rgangan asosiy narsa – o'zimizga ishonishimiz kerak va biz yarim finalda bo'lishga munosibmiz. Ushbu darajaga munosib o'ynamoqdamiz. Ramos o'ynaydimi? Qiyin savol, chunki, buni shunchaki bilmayman. Bu ahamiyatga egami? Ha, katta ahamiyati bor. U oxirgi yillardagi eng yaxshi jamoaning sardori hisoblanadi. Biroq, bunga etibor qaratmasligiz lozim. O'ylashimcha, u ilk daqiqalardan maydonga tushadi va bunga tayyor turishimiz kerak bo'ladi.
Maqsad – butun o'yin davomida intensivlikni saqlab qolishdir. Bu yarim final, pley-off o'yini, shu sabab bosim juda yuqori. Malum darajadagi ishonch va qatiyatlik bo'lmasa, bizda birorta imkoniyat ham bo'lmaydi.
“Real” yana 5-3-2 sxemasida o'ynashiga ishonchim komil emas, ular 4-3-3 modelidan ham foydalanishi mumkin. Bu o'yinga tasir o'tkazish ehtimoli bor. Mening fikrimcha, gap “Real”ning qanday sxemadaligi emas, balki biz qanday o'ynashimizda. Etarlicha jasorat ko'rsata olarmikinmiz”, deydi nemis mutaxassisi.