Marca «Real» futbolchilari Marselo va Federiko Valverdening «Chelsi»ga qarshi Chempionlar Ligasining ikkinchi yarim final o'yinida ishtirok etish imkoniyatini e'lon qildi.
Manbaning xabariga ko'ra, braziliyalik himoyachi Madrid assambleyasi saylovida kuzatuvchi sifatida qatnashganiga qaramay o'yinda ishtirok eta oladi.
Urugvaylik yarim himoyachining esa, maydonga tushishi hali ham so'roq ostida. Futbolchining koronavirus tekshiruvi shubhali natijani ko'rsatgan, shuning uchun u hanuzgacha karantinda.
Eslatib o'tamiz, «Chelsi» - «Real» o'rtasidagi EChL yarim finalining javob uchrashuvi 5 may, chorshanba kuni Londonda bo'lib o'tadi.