Londondagi o'yinda Fede Valverdening ishtirok etishi katta so'roq ostida qolmoqda. Bugun ertalabki mashg'ulotda o'yinchi umumiy guruh bilan shug'ullanmagan.
Uning koronavirusga toshirgan testi shubhali javob bergan, futbolchi izolyaciya qoidalariga rioya qilishi va faqatgina individual tarzda shug'ullanib turishi zarur. Yaqin vaqtlar ichida Valverde yana bir bor test topshiradi. Agarda test salbiy natija ko'rsatsa, yarim himoyachi "Real" bilan Londonga yo'l oladi.
Valverde o'yin qaydnomasiga kiritilsa ham, o'yinni asosiy tarkibda boshlash ehtimoli juda past. Futbolchi oxirgi besh o'yinni o'tkazib yubordi va bu vaqt oralig'ida jamoaviy mashg'ulotlarda ishtirok etmagan.