Madridning «Real» klubi himoyachisi Serxio Ramos hali Madrid klubi bilan yangi shartnoma borasida muzokara olib borolmayapti.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, Ispaniya terma jamoasi sardori yangi kelishuvga ko'ra har mavsum uchun 12 million evro olmoqchi bo'lgan. Tomonlar bitimning ushbu qismiga kelganda yakuniy qarorni chiqarishda qiynalmoqda.
Chunki «Real» o'z navbatida shuncha mablag'ni yoshroq futbolchi - David Alabaga sarmoya qilishni afzal ko'rdi. Tomonlar mavsum yakunlangandan so'ng ushbu transferni rasman e'lon qiladi.
Joriy mavsum Ramos La Ligada 15 ta o'yin o'tkazib, ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi.