“Barselona” himoyachisi Pike Ispaniya superkubogi javob o'yinida zaxiraga olingach, hissiyotlarini jilovlab tura olmadi. U zaxira o'rindig'iga o'tirar ekan, jamoadoshiga qarab: “Bu inson nimani xohlasa, shuni qilyapti”, dedi.
Eslatib o'tamiz, superkubokda “Real”ning qo'li baland keldi va Pike birinchi marta “Real”ning ustunligini tan oldi.