«Real» himoyachisi Rafael Varan Ispaniya chempionatining 34-turi doirasida «Osasuna»ga qarshi o'yinda jarohat olgan edi. Frantsiyalik futbolchi bugun tibbiy ko'rikdan o'tdi.
Himoyachining o'ng oyog'i mushagida jarohat aniqlandi. Uning tiklanishi uchun qancha vaqt ketishi ma'lum qilinmadi, ammo Varan Chempionlar ligasi yarim final bosqichi doirasida «Chelsi»ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi.
«Chelsi» — «Real» 5 may kuni Londonda bo'lib o'tadi. Madridda o'tkazilgan dastlabki uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etilgan edi.