«Barselona» sardori Lionel Messi «Valensiya» ga qarshi uchrashuvda penaltidan foydalana olmadi.
Argentinalik 57-daqiqada 11 metrga zarba berdi, ammo zarbani darvozabon Yasper Sillessen qaytardi. Ammo qaytgan to'p yana Messiga kelib tushdi va u bu safar gol urdi.
MisterChip xabariga ko'ra Messi karerasidagi 29-penaltisini (penaltilar seriyasini ham hisobga olgan holda) golga aylantira olmadi. Ushbu ko'rsatkichga ko'ra, u Krishtianu Ronalduga etib oldi.
Ammo shuni ta'kidlash joizki, Messi o'z faoliyati davomida 132 va Ronaldu 170 ta penalti tepgan.