«Real» yarim himoyachisi Marko Asensioning agenti Orasio Gaxioli ta'kidlashicha, «Barselona» 2014 yilda futbolchi bilan shartnoma imzolashdan bosh tortgan.
«O'shanda «Barselona»: «Yo'q, biz shartnoma imzolay olmaymiz», degandi. Ular imkoniyatni qo'ldan chiqarishgandi. Oradan 3 oy o'tib ular o'z fikrini o'zgartirishganida, kech bo'lgandi.
«Real»ning taklifi «Barselona»nikiga nisbatan har tomonlama — ham futbol jihatdan, ham moliyaviy jihatdan 20 baravar yaxshi edi. Uning bolalikdagi kumiri Zayniddin Zidan edi. Markoning devorida Zidanning ulkan surati ilingan edi», – dedi Gaxioli.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya superkubogi doirasida bo'lib o'tgan bahslarda Marko Asensio "Barselona" darvozasiga 2ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.