Madridning «Real» jamoasi «Chelsi»ga qarshi Chempionlar Ligasi yarim final javob uchrashuviga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Marca xabariga ko'ra, bugungi mashg'ulotlarda himoyachilar Serxio Ramos va Ferlan Mendi faol ishtirok etishgan. Ularning ikkalasi ham «Chelsi»ga qarshi o'yinga tayyor bo'lishi kutilmoqda.
«Osasuna» bilan o'yinda (2:0) jarohat olgan markaziy himoyachi Rafael Varan esa ertaga MRT tekshiruvidan o'tishi kerak. Shundan keyingina, futbolchi orttirib olgan jarohatning qanchalik og'ir yoki engil ekanligi aniq bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, «Real Madrid» - «Chelsi» o'rtasidagi EChL yarim finalining javob uchrashuvi 5 may kuni Londonda bo'lib o'tadi. Birinchi o'yin 1:1 hisobidagi durang bilan tugagan.