"Sport1.de" xabariga ko'ra, 29 yoshli futbolchi va nemis klubi o'rtasida muzokaralar bo'lgan. Ayni damda "Bavariya" o'ng qanot himoyasi uchun variantlar qidirmoqda. Vaskes ham short-listda qayd etilgan.
Ushbu mavsumda ispaniyalik futbolchi LaLigada 24 o'yinda qatnashdi. Biroq yaqindagina olgan jarohati sababli ushbu mavsumni erta yakunladi.