«Bavariya» «Real» yarim himoyachisi Lukas Vaskesga shartnoma taklif qilgani yo'q.
Shunga qaramasdan, Sport1.de jurnalisti Florian Plettenbergga ko'ra klub va 29 yoshli ispaniyalik o'rtasida aloqa bo'lib o'tgan.
«Bavariya» ayni damda o'ng qanot chizig'ini kuchaytirish uchun turli xil tanlovlarni ko'rib chiqmoqda. Vackes nomzodlardan biri hisoblanadi.
Joriy mavsum Lukas La Liganing 24 o'yinida ishtirok etdi. Tizzasidan olgan jarohati tufayli bu mavsum boshqa maydonga tusha olmaydi.