Sky Sports xabariga ko'ra, «Bavariya» himoyachisi Lyuka Ernandes yozda jamoani tark etmaydi.
Hozircha rahbariyat frantsuzning o'yinlaridan qoniqish hosil qilmoqda. Jumladan, uning agenti ham buni ta'kidlab o'tdi.
«Lyuka hech qaerga ketmaydi. U albatta «Bavariya»da qoladi», - deydi futbolchining agenti Manuel Garsiya.
Shu o'rinda, 25 yoshli frantsuzga «Real» va «Manchester Yunayted» da'vogarlik qilmoqda.