«Real» klubi Krishtianu Ronalduning diskvalifikatsiyasi yuzasidan Sport bo'yicha administrativ tribunal (TAD)ga apellyatsiya bilan shikoyat kiritadi. Bu haqda ispan matbuoti xabar tarqatdi.
Ronaldu Ispaniya superkubogi doirasida "Barselona"ga qarshi dastlabki o'yinda hakamni turtgani uchun 5ta o'yinga chetlatilgandi. Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi tartib-intizom qo'mitasi "Real"ning appelyatsiyasini qanoatlantirmadi va portugaliyalik futbolchining diskvalifikatsiya muddatini o'z kuchida qoldirdi.