La Ligada mavsum tugashiga to'rt tur qolganida madridliklar juda yaxshi holatda borishmoqda. Endi to'rtta g'alaba chempionlikni kafolatlashi mumkin. Bosh murabbiy Zidan "Osasuna" bilan o'yindan so'ng jamoaning holati haqida gapirdi.
«Yaxshi o'yin bo'ldi. Muhim g'alabaga erishdik. Birinchi bo'limda beshta imkoniyat yuzaga kelgandi, ammo gol urolmadik. Tanaffus paytida maqsadni tezroq amalga oshirish kerakligini yigitlarga aytdim. Bu erda sabr-toqatli bo'lish kerak edi.
Hali hammasi oldinda. Ikkita turnirda g'alaba qozonamiz deb kafolat bera olmayman, lekin bunga ancha yaqin kelyapmiz. Bor kuchimiz bilan harakat qilamiz", - deydi Zidan.