Londonning "Chelsi" klubi "Borussiya" hujumchisi Erling Xoland transferidan voz kechdi. Bu haqda Britaniya matbuoti xabar beradi.
"Aristokratlar" norvegiyalik vunderkind uchun kurash poygasidan chiqqanliklarini tan oldi. Ular ayni dam "asalarilar" talab qilayotgan supersummani to'lashga qodir emas. Ushbu transferni amalga oshirish uchun "Real", "Barselona" hamda "Yuventus" harakat qilib ko'radi.
Hozircha londonliklarning asosiy maqsadi "Inter" etakchisi Lukaku bo'lib turibdi.