Madridning «Real» klubi 2020/21 yilgi mavsumdagi jarohatlar soni bo'yicha rekord natija qayd etmoqda.
Avvalroq jamoa himoyachisi Dani Karvaxal «Chelsi»ga qarshi o'yinda (1:1) jarohat olgani va mavsum oxirigacha safdan chiqqani ma'lum bo'lgandi.
Bu «Real» uchun mavsumdagi 51-jarohat bo'ldi. Koronavirus yuqtirib olishni qo'shib hisoblanganda «Real»ning mavsumdagi yo'qotishlari 57 taga etadi — bu o'rtacha har ikki haftada bir futbolchi safdan chiqadi degani.
Joriy mavsum «Real»ning faqat ikki futbolchisi jarohat olmadi, bular darvozabonlar: Tibo Kurtua va Andrey Lunin.
La Ligada jarohatlar soni bo'yicha «Real»dan keyingi o'rinda «Barselona» (35 ta jarohat) va «Vilyarreal» (34) bormoqda, deya xabar qilmoqda Mundo Deportivo.