UEFA Chempionlar Ligasi yarim finalning dastlabki uchrashuvlarida o'zini eng yaxshi ko'rsata olgan futbolchini ma'lum qildi.
«Chelsi» yarim himoyachisi Ngolo Kante mazkur haftada eng yaxshi o'yinchi deb topildi.
Frantsiyalik xavbek «Real»ga qarshi bahsda 86 foiz uzatmalar aniqligini qayd etdi va maydon markazida juda katta hajmdagi ishni bajardi.
Ushbu sovrin uchun nomzodlar orasida «Real» hujumchisi Karim Benzema, «Manchester Siti» yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne hamda PSJ yulduzlaridan biri Anxel Di Mariya ham bor edi.