“Jamoada hamma tushunib turgandi, agarda biz “Barselona” o'ynashiga yo'l qo'ysak, ular bizni shunchaki yo'q qilishardi. “Kamp Nou”dagi oqshomda 0:5 hisobida yutqazganimiz faoliyatimdagi eng yomon kunlardan biri bo'lgandi. Uchrashuv boshlangandan keyin 20 daqiqa o'tib, maydonni tark etishni va dush qabul qilib, uyga qaytishni xohlardim. Bu juda og'ir edi, ammo mazkur mag'lubiyatdan keyin dunyoga boshqa ko'z bilan qarashni boshladik, agar bu sodir bo'lmaganda edi, ehtimol ularni keyingi mavsumlarda mag'lub etolmagan bo'larmidik”, deydi Alonso.