"Real" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan klub prezidenti Florentino Peres bilan uchrashdi.
Frantsiyalik mutaxassis xo'jayin bilan transfer bozorini muhokama qilib, undan bir narsani iltimos qilgan. Zidan mavsumning birinchi yarmida hech kimni sotmaslikni va mavjud tarkibni saqlab qolishni so'ragan.
Murabbiyning fikriga ko'ra, "Real"ning hozirgi tarkibi jamoa oldiga qo'yilgan vazifalarni bajarishga qodir.