«Real» himoyachisi Serxio Ramos jarohatidan to'liq tiklandi. 35 yoshli futbolchi bugun jamoaning umumiy guruh mashg'ulotida ishtirok etdi.
"Marca" tarqatgan xabarga ko'ra, "qaymoqranglilar" sardori "Chelsi"ga qarshi bo'ladigan javob bahsida ishtirok etishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Ramos so'nggi bir oy davomida maydondan tashqarida qolayotgan edi.