Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Florentino Peres: «Yirik transferlarga pul kerak…»

«Real» prezidenti Florentino Peres Cadena SER radiosiga bergan intervyusida Superliga atrofida yuz bergan voqealardan ko'ngli qolganini yashirmadi.

.
- Yuklab olish

«Real» prezidenti Florentino Peres Cadena SER radiosiga bergan intervyusida Superliga atrofida yuz bergan voqealardan ko'ngli qolganini yashirmadi. Korchalon funktsioner shuning barobarida  «futbolni qutqarish»ni o'ylagan 12ta klubga qarshi tajovuz qilinganidan nolidi.

Natijalar haqida: - Hozir faqat muxlislarni o'ylashimiz kerak, ular e'tiborga loyiqlar. Jerar Pikening so'zlari ayni haqiqat - futbol chindan ham, muxlislarga tegishli.

Loyiha haqida: - Rosa ranjidim. Axir mazkur loyiha ustida 3 yil ishlagandik. La Liga - daxl­siz. Lekin biz har bir ish kunida pul topishimiz lozim. ChL formati eskirdi, muxlislar qiziqishi faqat chorak finaldan keyin oshmoqda. O'tgan mavsum 650 million yo'qotilgani hozirgi format ish bermayotganini ko'rsatmoqda. Shuning uchun top-klublar uchun yangi musobaqa o'ylab topdik. Shu yo'l bilan ko'proq pul topish mumkin, buning uchun avvalo, hamjihatlik kerak.

Aleksandr Cheferin so'zlari haqida: - UEFA boshqaruvida kun bo'yi kimnidir haqoratlamaydigan, o'qimishli prezidentni ko'rmoqchiman. Hammasi oddiy - muzokara payti hech kim oyoqdan chalmasa yaxshi bo'lardi. Cheferinning so'zlari - haqorat. Vaholanki, u prezident sifatida bosh­qalarga o'rnak bo'lishi shart.

Hamma bitta kemada ekanligi haqida: - Ishni birgalikda davom ettiramiz. Hech kim jarima to'lamadi, chunki hali biror klub rasman loyihadan chiqmadi. Faqat 1ta jamoa uncha qiziqmayapti, ammo u ham shartnomaga imzo chekdi, baribir.

Strategiya haqida: - Hammasini iloji boricha tezroq hayotga tadbiq etishni o'yladik. «Real» muxlislari ahmoq emaslar. Agar ularga har hafta grandlar bilan o'ynash va'da qilinsa, albatta, loyihani qo'llab-quvvatlashadi.

Sosos haqida: - «Madrid» sosos (muxlislar guruhi)ga tegishli, ammo pul tikadigan odam yo'q. Klub yana yaxshi ma'muriyatga muhtoj.

Shartnomalar haqida. - Milliy chempionatlarga hurmat bilan qaraymiz, albatta. Ammo daromad miqdorini oshirishning yo'li bitta - evrokubok formatini yangilash. Tushunarliki, barchamiz shart­nomalar bilan bog'langanmiz.

Joan Laporta haqida: - Ha, u bilan gaplashdim, «Barselona» loyihadan chiqib ketmaydi. Umuman, tashqi tomon munosabati juda xunuk bo'ldi.

Boshqaruv institutlari imidji haqida: - Barchamiz UEFA prezidenti bilan muzokara olib borishga majburmiz, ammo urinishlar muvaffaqiyatsiz chiqdi. Ayni shu vaziyat bugungi futbol qanday holatda ekanligini ko'rsatmoqda. 20 yildan buyon hozirgi lavozimda ishlayapman va hali hech kim bilan janjallashganim yo'q. Futbol qadriyatlar bilan go'zal va hammamiz birdam bo'lishimiz kerak.

O'zgarishlar haqida: - Ish haqini qisqartirish kerak, chunki vaziyat ancha jiddiy... Shunchaki, shaffoflik so'rayapman. MBA basketbolchilari va klublar rahbarlari maoshi e'lon qilinmoqda. Vaziyatni to'g'rilash uchun qanday harakatlar amalga oshirilayotganini anglash muhim. Futbol ham fidoyilikka muhtoj.

Muxlislar haqida: - Hayot o'zgardi. 20 yildan keyin yana o'zgarish talab qiladigan yangi avlod keladi. Futbol ajoyib tomosha va unga g'amxo'rlik qilishimiz shart. Muxlislarga yangi platformalarda tomosha qilinadigan raqobatdosh o'yinlar kerak.

La Liga yig'ilishi haqida: - «Madrid» taklif qilinmagan joyga bormaydi. Janob Tebas buni yaxshilab uqib olsin.

Xaver Tebas haqida: - U obro' orttirdi, omma ishonchiga kirdi. Xaver bilib qo'ysin - shuncha yildan buyon futbol ichidaman va sohaga zarar etkazadigan hech qanday ish qilmayman.

Galaktikos haqida: - Yirik transferlarni pulsiz amalga oshirish mumkin emas. Birdamlik ko'rsatishimizga ruxsat berilmadi. Ammo Superliga bo'yicha ishlashda davom etamiz, baribir.

Loyiha taqdimoti haqida: - Harakatimizni tajovuzkor reaktsiya to'xtatib qoldi, ammo hali hammasi yanada og'irlashadi va o'shanda reallikka qarab, nima bo'lishini ko'ramiz. Klublar 2 milliard evrodan ko'proq zarar ko'radi.

Qasos haqida: - Hech qanday jazodan qo'rqmayman. UEFA prezidenti moliyaviy «Feyr-pley» haqida gapirganida, xavotirga tushgandim. Bu juda muhim, lekin hozir uncha yaxshi ko'rinishda emas. Prezident bu masalada qattiqqo'l bo'lishi shart.

Televidenie haqida: - Umumiy auditoriyani aynan televidenie belgilaydi. Bu shunchaki, oddiy ish emas. Deylik, «Real» birgina menga qaramaydi. Bizni haqoratlamasliklari kerak edi.

Superliga starti haqida: -  Buni tezroq amalga oshirish kerak. 3 yil kutishdan naf yo'q. Raqobat bor joyda yaxshi o'yinlar bo'ladi, pul tushadi. Muxlislarni qiziqtirish uchun xuddi Federer - Nadal raqobati darajasidagi uchrashuvni ko'paytirish lozim.

Yopiq liga haqida: - Superligaga birinchi bo'lib kiritilgan klublar tushib ketmaslik huquqini qo'lga kiritdi. Negaki, ayni shu jamoalar dunyoda va ijtimoiy tarmoqlarda eng ko'p kuzatuvchiga ega. Bugungi futbolda hech kim ko'rishni istamaydigan o'yinlar ham bor. Anelli bilan tez-tez gaplashyapman va yolg'izlikni his qilmayapman. JP Morgan banki bilan qanday shartnoma tuzish va pul ishlash mumkinligini muhokama qilyapmiz. Umuman, ushbu loyihani ko'rib chiqmaslik - ahmoqlik.

Fernando Roiga so'zlari haqida: - Futbol rivojini grand jamoalar belgilaydi, tennis esa kuchli o'yinchilar tomonidan qo'llab-quvvatlanadi. «Vilyarreal» prezidenti mutlaqo nohaq, chunki hozirgidan ancha ko'p daromad keltiradigan loyiha mavjud.

«Piramida» haqida: - Asosiy javobgar menman, chunki bu ishda «Real» sarkarda hisoblanadi. Barchamiz kelajak haqida qayg'uramiz, jumladan, «Yuventus» ham. Bu klub loyihadan chiqqani yo'q.

Frantsiya va Germaniya klublari haqida: - Hozircha 12ta klub shartnoma orqali bog'langan. Bosh­­qa jamoalarni ham qabul qilishimiz mumkin. Ammo ayrimlar bu g'oyadan voz kechishdi, chunki UEFA tsirk namoyish etdi. To'g'ri, loyihani ommaga yaxshi tushuntirolmadik, chunki bizga shunchaki, imkoniyat berishmadi. Top-klublar zararga ishlayotganida, qolganlarning foyda olishi haqida gapirish ortiqcha.

Ingliz klublarini birlashtirish haqida: - Chindan ham, bosh­qa yo'l yo'q. Angliya klublari egalari ushbu sport turini yaxshi ko'radigan amerikaliklardir. Futbolni tugatishimiz haqida aytilgan gaplar shunchaki, safsata. Gap shundaki, futbol tepasida imtiyozlardan mahrum bo'lishni istamaydigan kimsalar bor.

Taxminan 48 soatlik talvasa haqida: - Hech qachon UEFA prezidentining bunday tajovuzini ko'rgan emasman. Barchasi haqiqiy tsirkka o'xshadi, bunaqasini o'ylash ham qiyin. Tahdidlar va haqoratlar, xuddiki biz kimnidir o'ldirib qo'ygandek... Futbolni saqlab qolishimiz kerak, ammo ko'rinib turibdiki, bu qiyin vazifa. Aslida loyiha ustida ko'p ishladik, faqat xabarni to'g'ri etkazolmaganimiz yomon bo'ldi.

Serxio Ramos va Luka Modrich haqida: - Modrich bilan shart­noma muddatini uzaytirish borasida allaqachon kelishuvga erishdik. Serxio Ramos vaziyati boshqacha. Uni o'g'limdek yaxshi ko'raman. Yaxshiki, Ramos hozirgi holatimizni juda yaxshi tushunadi. Mavsum yakunlanyapti, demak, futbolchilar bor kuchlari bilan ishlashlari kerak. Ramos shartnomasini 2015 yili yangilagan edik. Endi hammasi klub holatiga bog'liq, kimnidir sotish kerak... Qiyin davr qanday bo'lishini bilaman, chunki yangi asrning ilk yillari barchasini boshdan o'tkazgandim.

Kilian Mbappe haqida: - Agar uni bu yil olib kelolmasak ham, hech qanday falokat bo'lmaydi. Tan olaylik, hozir imkonsiz holatdamiz. Menimcha, sosos mening ishimdan mamnun.

«Bernabeu» va muxlislar haqida: - Umid qilamanki, keyingi mavsum  muxlislarning stadionga kiritishimiz mumkin bo'ladi. Afsuski, joriy mavsum buning iloji yo'q.

Zayniddin Zidan haqida: - Jamoamizda ajoyib yoshlar bor. O'smir yigitlar bilan shart­noma tuzish tajribasi natija beradi, albatta. Hozir ko'pchilik «Madrid»da o'ynashni xohlaydi. Zidanda shartnomasi bor. U klub afsonasi va bir kuni jamoadan afsona sifatida ketadi.

Tarkib haqida: - Ixtiyorimizda dunyoning eng kuchli futbolchilari bor. Himoyamiz juda mustahkam va jamoaga katta yordam bermoqda. «Real»ning yarim himoyasi esa, hammaga o'rnak. Ha, tarkibni yangilab turish kerak, ammo inqilob shart emas.

So'z

 - Basketbolda uzoq yillardan buyon Superliga o'yinlari muvaffaqiyatli o'tkazilmoqda. Xususan, Ispaniya chempionati bahslari Evroliganiki bilan parallel ravishda olib boriladi - buning hech qanday yomon tomoni yo'q. Basketbol Evroligasini Gretsiya, Turkiya va Rossiya klublari yaratgan. «Bavariya»ning basketbol jamoasi ham Evroligada o'ynaydi. Xo'sh, nega futbolda bunday bo'lmasligi kerak? Nima, futbol va basketbol o'rtasida men tushunmaydigan qandaydir katta farq bormi? Basketbolda shu liga tuzilgan payt muxlislar shikoyat qilishmagandi. Umuman olganda, Evropa basketbolini aynan Evroliga qutqarib qolganini ham inobatga olish kerak. Florentino Peres («Real» prezidenti).

BestMaster
29 Aprel 2021, 17:30
florentino, peres, «yirik, transferlarga, kerak…»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 nimo  
o' peres bobo pul sendan ketmaptiku
29 Aprel 2021, 20:53
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads